Ertaga, 25-mart kuni O’zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Eronga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz a’zosi Abbosbek Fayzullayev ertangi bahs borasida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
– Ertaga bizni ikkita yaxshi saviyadagi terma jamoalar o’rtasidagi o’yin kutib turibdi. Biz bu yerga g’alaba uchun kelganmiz. Bor kuchimizni berib o’ynaymiz.
– Shomurodov Italiyada o’ynamoqda, Husanov APL’ga o’tdi. Abbosbek Fayzullayev ham kelajakda Yevropaning top-chempionatlarida o’ynashni rejalashtiryaptimi?
– Savol uchun katta rahmat. Lekin hozir bu savolga javob berishning vaqti emas deb o’ylayman. Sababi ertaga bizni juda muhim o’yin kutib turibdi.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston hozirda JCh-2026 saralashining “A” guruhida 16 ochko bilan ikkinchi o’rinda bormoqda. Eron esa 19 ochko bilan birinchi o’rinni egallab turibdi.