Karim Adeyemining “Yuventus”ga transferi amalga oshmasligi mumkin.
Fabritsio Romanoning so’zlariga ko’ra, 22 yoshli vingerning Turin klubiga o’tishi hozircha ko’rib chiqilmayapti.
Manbaga ko’ra, Dortmundning “Borussiya” klubi Adeyemini klubda saqlab qolmoqchi. Faqatgina katta takliflar vaziyatni o’zgartirishi mumkin. Shuningdek, “Yuventus” vinger uchun hech qachon rasmiy taklif yubormagani ham qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Adeyemi o’tgan mavsum Bundesligada 21 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.