Angliyaning “Manchester Siti” klubi amaldagi bosh murabbiy Pep Gvardiola jamoani tark etganidan so’ng uning o’rnini kim egallashini ma’lum qildi. Bu haqda Football Transfers xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Gvardioladan so’ng yangi murabbiy hozirda Italiyaning “Komo” klubini boshqarayotgan Sesk Fabregas bo’ladi.
“Fabregas murabbiy sifatidagi birinchi mavsumini o’tkazdi va Yevropaning eng yorqin yosh murabbiylaridan biri sifatida shuhrat qozondi.
38 yoshli mutaxassisning taktik sxemasi aniqligi va ishonchliligi, shuningdek, uning pozitsion futbolni chuqur tushunishi Seskni uzoq muddatli rejalarida ko’rayotgan “Manchester Siti” ierarxiyasini hayratda qoldirdi”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o’tamiz, Pep Gvardiolaning “Manchester Siti” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi.