“Bavariya” 31 yoshli hujumchi Harri Keyn o’rniga “Mayns”ning 24 yoshli markaziy hujumchisi Jonatan Burkardtni olib kelmoqchi. Bu haqda Sky Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, myunxenliklar nemis futbolchisini hamyonbop narxda sotib olishi mumkin.
Qayd etilishicha, “Bavariya” Burkardt uchun kurashda “Ayntraxt” bilan raqobatlashishiga to’g’ri keladi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 23 ta o’yin o’tkazib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.