Yozgi transferlar vaqtida “Milan” safiga borib qo’shilgan Alvaro Morata A Seriyadagi debyut uchrashuvida jarohat oldi.
Dastlabki turda “rossonerilar” o’z maydonida “Torino”ni qabul qildi va 2:2 hisobida durangga imzo chekdi. Gollardan biriga Morata mualliflik qildi.
AS xabariga ko’ra, Morata birinchi bo’limdan so’ng mushaklarida noqulaylik his qilgan. Shunga qaramay, hujumchi ikkinchi bo’limda maydonga tushgan va gol urgan.
Uchrashuv yakunlangach, Alvaro tibbiy ko’rikdan o’tgan. Tahlil natijalariga ko’ra, forvard taxminan 3 haftani o’tkazib yuborishi ta’kidlangan.