UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo’lish uchun to’rtta nomzodni e’lon qildi.
Ular Florian Virts (“Bayer”), Mateo Retegi (“Atalanta”), Malik Tillman (PSV) va Xulian Alvares (“Atletiko”).
Ma’lumot uchun, Virts “Zalsburg”ga qarshi (5:0), Retegi “Yang Boyz”ga qarshi (6:1), Tillman “Shaxtyor” qarshi (3:2) o’yinda dubl qayd etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Alvares esa “Sparta” bilan o’yinda dubl muallifiga aylandi (6:0).