Boks bo’yicha Olimpiya o’yinlari chempioni va ikki karra jahon chempioni Jorj Forman 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda sportchining oilasi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Forman 1949-yil 10-yanvarda Texasda tug’ilgan va 1970-yillarda og’ir vazn toifasida jahon chempioni bo’lgan. Biroq u sportni vaqtinchalik tark etgan va 1987-yilda qaytib, 1994-yilda 45 yoshida yana chempionlik unvonini qo’lga kiritgan.
Forman faoliyatidagi ilk mag’lubiyatini 1974-yilning 30-oktyabrida Muhammad Alidan qabul qilib olgan.
Umuman olganda, Forman karyerasi davomida 81 ta jang o’tkazib, 76 tasida g’alaba qozongan (68 KO) va besh marta mag’lubiyatga uchragan.