Futbolda darvozabonlarning vaqtni cho’zishi bilan bog’liq yangi qoida joriy etilishi mumkin.
The Times xabariga ko’ra, Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (IFAB) darvozabon to’pni sakkiz soniyadan ko’proq ushlab tursa, raqib jamoa foydasiga burchak to’pi berish qoidasini sinovdan o’tkazmoqda.
Hozirda ushbu qoida Malta chempionatida sinovdan o’tkazilmoqda.
Shuningdek, mazkur qoidani Italiya yoshlar chempionatiga (20 yoshgacha) ham kirtishmoqchi. Biroq ushbu chempionatda darvozabonlarni burchak to’pi bilan emas, balki chetlatish bilan jazolashmoqchi.