Fransiya terma jamoasi va Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi hujumchisi Karim Benzema barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi.
Fransiyalik yulduz Krishtianu Ronalduning bayonotiga javob qaytardi. Avvalroq portugaliyalik forvard o’zini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblashini aytgandi.
Benzema Krishtianuning fikriga qo’shilmadi. Fransiyalik futbolchi barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldoni aytdi.
“Har kim xohlagani aytadi. Agar u o’zini tarixdagi eng zo’ri deb hisoblasa… Masalan, men uchun eng zo’ri – bu braziliyalik Ronaldo”, – deydi Benzema.