Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan uchrashdi.
“Eski do’stimni ko’rganimdan xursandman”, – deydi Anchelotti ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o’tamiz, Anchelotti va Ronaldu 2013-yildan 2015-yilgacha “Real”da birga faoliyat yuritgan. Portugaliyalik futbolchi “Qirollik klubi”ni 2018-yilda tark etgan.
Anchelotti esa 2021-yilda ikkinchi bor “Real” boshqaruvini o’z qo’liga oldi va hozirga qadar klubga murabbiylik qilmoqda. Bu vaqt ichida jamoa ikki marta Chempionlar ligasiga va La Ligada chempion bo’ldi.