Fransiyaning “Strasburg” klubi “Dijon”ning 17 yoshli vingeri Rayan Messini sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, hozirda muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan. Futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolanishi ko’zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Messi “Dijon”ning asosiy jamoasi tarkibida 4 ta o’yin o’tkazib, bitta gol urishga muvaffaq bo’lgan.
