Kataloniyaning “Barselona” klubi Turinning “Yuventus” klubi markaziy hujumchisi Dushan Vlahovichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Todofichajes portali xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “ko’k-anorranglilar” 25 yoshli serbni polshalik Robert Levandovskiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. “Barsa” yozgi transfer oynasida Dushanni sotib olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, futbolchining bozor narxi 60 million yevroni tashkil qiladi. Italiya chempionatining joriy mavsumida Vlahovich 20 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.