“Manchester Siti” himoyachisi Jon Stouns Chempionlar ligasi doirasidagi “Real”ga qarshi o‘yin boshidayoq zaxiraga olindi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Stounsning holati haqida ma’lumot berdi.
“Stouns jarohat oldi. Yaqin soatlar yoki kunlar ichida u operatsiya qilinishi kerak yoki kerak emasligini bilib olamiz. Stouns uzoq vaqtni o‘tkazib yuboradimi? Ha, xuddi Manuel Akanji kabi”, – deydi Gvardiola matbuot anjumanida.
Yaqinda Xosep Gvardiola himoyachi Manuel Akanji taxminan sakkiz-o‘n hafta maydonga tusha olmasligi haqida gapirgandi.