“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fanatik xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, belgiyalik futbolchiga Istanbulning “Galatasaroy” klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq kelishuv De Bruynening yuqori maoshi sabab murakkablashib bormoqda.
Shuningdek, 33 yoshli yarim himoyachi uchun MLS’ning “San-Diyego” klubi ham kurash olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, De Bruyne joriy mavsum APL’da 17 ta o’yin o’tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.