Amerikalik videobloger va bokschi Logan Pol Lionel Messini ringga chorladi.
Logan Pol 2022-yilda “Prime” nomli energetik ichimlik chiqara boshlagan va bu bir necha yil ichida dunyo bo’ylab mashhurlikka erishib, juda ko’p sotilayotgandi. Hatto Loganning kompaniyasi ichimlikka bo’lgan talabni qanoatlantira olmayotgandi.
O’tgan yili esa Lionel Messi “Mas+” energetik ichimligini chiqara boshladi va bu bozorda “Prime”ga raqobat qilib, uning savdosiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Shundan so’ng, Logan “Mas+” ichimligi ulardan nusxa ko’chirgani va tarkib e’tiboridan “Prime” bilan bir xilligini aytib, sudga murojaat qilgandi.
Yaqinda u agar Leo unga qarshi jang qilishga rozi bo’lsa, da’vo arizasini qaytarib olishga so’z berdi:
“Bu savdo belgisining buzilishi. Qasam ichamanki, agar… Logan Pol va Messi janggi bo’lib o’tsa, da’vodan voz kechish haqida o’ylab ko’raman. Ringda ko’rishguncha, bro!”.