“Manchester Yunayted” rahbariyati yangi bosh murabbiy Ruben Amorimga tarkibni qayta tiklash imkoniyatini taqdim etadi. Bu haqda Florian Plottenberg xabar bermoqda.
“MYU rahbariyati jamoa futbolchilarining yarmidan ko’pini qishki yoki yozgi transferlar oynasida sotishga qaror qildi. Ruben Amorimga tarkibni qayta qurish imkoniyati beriladi.
Hozirda sotilmasligi mumkin bo’lgan futbolchilar ro’yxatiga Diallo, Maynou, Mazraui, de Ligt, Yoro, Onana va yana ikki-uch asosiy o’yinchilar kiritilgan”, – deb yozadi Plottenberg.
Eslatib o’tamiz, Amorim joriy yilning noyabr oyida “Manchester Yunayted” boshqaruviga keldi. Tomonlar o’rtasida 2027-yilga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolandi.