Madridning “Real” klubi “River Pleyt”ning 17 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuononi sotib olish bo’yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, transfer narxi 45 million yevroni tashkil qiladi. Futbolchi va ispan grandi o’rtasida 2031-yilga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolanadi.
Ma’lumot uchun, Mastantuono 2019-yildan buyon “River Pleyt” tizimida o’ynab kelmoqda. U 2024-yildan boshlab asosiy jamoa safida to’p surmoqda.
Bu davr ichida u 61 ta o’yin o’tkazib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.