“Real Sosedad” va “Latsio” muxlislari o’rtasidagi to’qnashuv natijasida 3 kishi pichoqlab ketildi. Bu haqda Football Espana xabar bermoqda.
Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvi oldidan Rimda ikki jamoalarning muxlislari o’rtasida mushtlashuv boshlangan. Qayd etilishicha, rimlik muxlislar soni 80 kishidan ortiq bo’lgan.
Ta’kidlanishicha, jami to’qqiz kishi jarohat olgan va ularning olti nafari kasalxonaga yotqizilgan. To’rt nafariga esa ertasi kuni uylariga ketishi uchun ruxsat berilgan.
Jabrlanuvchilarning ikki nafari jiddiy jarohat olgan. Politsiya yetib kelgach “Latsio” muxlislari voqea joyidan qochib ketgan. Hozirda Rim politsiyasi video tasvirlarni o’rganib chiqmoqda.
