Bugun, 20-fevral kuni Yevropa Ligasi pley-off bosqichining javob o’yinida “Roma” o’z maydonida “Portu”ni qabul qiladi. Dastlabki bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangandi.
Statistikalarga ixtisoslashgan SofaScore nashri uchrashuvdan oldin jamoalarning taxminiy tarkiblarini e’lon qildi. Unga ko’ra rimliklar bahsni quyidagi tarkib bilan boshlaydi.
“Roma”: Svilar, Manchini, Hummels, N’Dika, El Sharavi, Kone, Paredes, Pellegrini, Anxelinyo, Soule, Dovbik.
Shuningdek, SportsMole nashri ham bugungi o’yin uchun tomonlarning ehtimoliy tarkiblarini ma’lum qildi.
“Roma”: Svilar, Manchini, Hummels, N’Dika, Saud, Kone, Paredes, Pellegrini, Anxelinyo, Soule, Dovbik.
Eslatib o’tamiz, “Roma” – “Portu” o’yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da “Olimpiko” stadionida start oladi.