Yarim o’rta vazn toifasida qozog’istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonov divizionning amaldagi chempioni Bilol Muhammadga qarshi jangdan bosh tortdi.
Rahmonov bunga quyidagicha izoh berdi:
“UFC rahbariyatiga menga kamar uchun kurashish imkoniyatini taqdim etgandi uchun katta rahmat.
Afsuski, jarohatim sabab may oyidagi turnirda jang qila olmayman. Bilol – Maddalena g’olibi bilan shu yilning oxirida oktagonda to’qnash kelaman”, – deydi Rahmonov.
Ma’lumot uchun, Bilol Muhammad 11-may kuni tashkil etiladigan UFC 315 oqshomida Jek Della Maddalena qarshi jang qiladi.