Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Ligada yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
26 yoshli futbolchi Ispaniyaga kelganidan buyon birinchi bor oy futbolchisi mukofotini qo’lga kiritdi.
Kilian yanvar oyida La Liga’ning 3 o’yinida beshta gol urdi, “Valyodalid”ga (3:0) qarshi bahsda esa xet-trik qayd etdi.
Shuningdek, sovrin uchun nomzodlar orasida Ugo Duro (“Valensiya”), Kike Garsiya (“Alaves”), Luis Milya (“Xetafe”) va Dodi Lukebakio (“Sevilya”) ham bor edi.
Eslatib o’tamiz, dekabr oyida “Real”ning boshqa bir futbolchisi Jud Bellingem, noyabr oyida esa madridliklar vingeri Vinisius Junior oy o’yinchisiga aylangandi.