UEFA matbuot xizmati Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlarni e’lon qildi.
Unga ko’ra, ushbu sovrin uchun Kilian Mbappe (“Real”), Vitinya (PSJ), Noa Lang (PSV) va Orkun Kokju (“Benfika”) kurash olib boradi.
Ma’lumot uchun, Mbappe “Man. Siti”ga qarshi (3:1) xet-trik qayd etdi, Vitinya esa “Brest”ga qarshi o’yinda bitta gol urdi (7:0), Lang “Yuventus” bilan bahsda (3:1) bitta assist qayd etgan bo’lsa, Kokju “Monako”ga qarshi o’yinda (3:3) bitta golga mualliflik qildi.