Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vinisius Junior bilan bog’liq vaziyatlardan charchaganini aytdi.
“Men charchadim, ha. Lekin bu meni bezovta qilmaydi. Men uning baxtli ekanligini ko’raman. Va biz u bilan xursandmiz. Bu klubda emas, tashqarida muhokama qilinadigan mavzu.
Jarohatlardan keyin u yaxshi jismoniy holatga ega bo’la boshladi. Ko’rib turibmanki, u juda motivatsiyalangan. Men bu klub tarixida qolishni istaydigan baxtli futbolchini ko’ryapman”, – deydi Anchelotti.
Eslatib o’tamiz, avvalroq OAV’da Vinisiusga Saudiya Arabistonidan qiziqishlar bo’layotgani haqida xabarlar tarqalgandi.