Parij olimpiadasida ishtirok etadigan terma jamoalar o’yinchilarining transfer narxlari hisoblab chiqildi.

Jamoalarning umumiy qiymati 1.51 milliard yevroni tashkil etdi. Reytingga ko’ra, kuchli uchlikni Fransiya, Ispaniya va Argentina egallab turibdi.
O’zbekiston olimpiya terma jamoasining narxi esa 26.55 million yevroni tashkil qildi va reytingda 9-o’rindan joy oldi.
Ma’lumot uchun, O’zbekiston olimpiya terma jamoasi turnirdagi dastlabki o’yinini 24-iyul kuni Ispaniyaga qarshi o’tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da start oladi.