Italiya A Seriyasining 25-turida “Roma” “Parma” maydoniga safar qildi va minimal hisobda g’alaba qozondi (1:0).
Uchrashuvdagi yagona golga Matias Saule mualliflik qildi. Shomurodovning ajoyib uzatmasidan so’ng argentinalik futbolchi jarima zarbasi ishlab oldi va super gol urdi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa asosiy tarkibda maydonga tushib, to’liq harakat qildi.
A Seriya | 25-tur
“Parma” 0:1 “Roma”
Gol: Saule 33′