Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining javob o’yinida “Manchester Siti”ga qarshi xet-trik qayd etgan “Real” hujumchisi Kilian Mbappe Lionel Messining Yevropa musobaqalarida Pep Gvardiola jamoalariga qarshi eng ko’p gol urgan futbolchi sifatidagi natijasini takrorladi.
Opta Sport xabariga ko’ra, Mbappe Gvardiola jamoalarida qarshi Chempionlar Ligasida 7 ta gol urgan Bu natijaga avval faqat Messi erishgan edi. Hozirda hech bir futbolchi Gvardiola qo’l ostidagi jamoalarga bunchalik ko’p gol urmagan.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha turnirlarda 38 ta o’yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 160 million yevroga baholanmoqda.