Xabaringiz bor, Rimning “Roma” klubi yetakchisi Paulo Dibala jarohat olib, kamida uch oyga safdan chiqdi.
La Republica nashrining xabariga ko’ra, Klaudio Ranyeri hujum chizig’ida Eldor Shomurodov va Artyom Dovbik tandemidan foydalanishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Dovbik joriy mavsum 38 ta o’yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shomurodov esa 28 ta o’yin o’tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.