Saudiyaning “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlaganidan so’ng, “Real”ga qaytishi haqida gapirdi.
“Real Madrid”ga qaytasizmi? Balkim faoliyatim tugaganidan so’ng bu sodir bo’lar. “Real”dagi faoliyatim futbol nuqtai nazaridan men uchun eng baxtli davr edi”, – deydi Ronaldu.
Eslatib o’tamiz, Ronaldu 2009-yildan 2018-yilgacha “Qirollik klubi”da o’ynagan, keyinchalik hujumchi “Yuvantus”ga o’tgan.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik yulduz joriy mavsum barcha turnirlarda 24 ta o’yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Al-Nasr” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi.