“Milan” yarim himoyachisi Tijani Reynders faoliyatini grand jamoalardan birida davom ettirishi mumkin.
OAV xabariga ko’ra, “Real” va “Manchester Siti” gollandiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, “rossonerilar” 60 million yevrolik takliflarni ko’rib chiqishga tayyor. “Milan”ga “Chelsi”dan Joau Feliksni sotib olish uchun pul kerak.
Shu bilan birga, Italiya grandi Reynders bilan shartnomani yana 4 yilga uzaytirishga e’tibor qaratmoqda.
Ma’lumot uchun, Tijani Reynders joriy mavsum “Milan” safida jami 36 ta o’yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.