RPLning 3-turidan o’rin olgan bahsda SSKA o’z maydonida “Orenburg”ni qabul qildi va yirik 5:1 hisobida g’alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga Tamerlan Musayev, Igor Diveyev, Dmitriy Ribchinskiy, Ivan Oblyakov va Kelvinlar mualliflik qilishdi. Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev esa o’yinni asosiy tarkibda boshladi va 67 daqiqa maydonda harakat qildi.