“Liverpul” yozgi transferlar oynasida himoya chizig’ini kuchaytirishga qaror qilgan. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mersisaydliklar “Bornmut”ning ispaniyalik himoyachisi Din Xeysenga qiziqish bildirmoqda. Ingliz grandi skautlari Xeysen Slot tizimiga to’la mos keladi, deb hisoblamoqda.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik himoyachining shartnomasidagi tovon puli 55 million yevroni tashkil qiladi. Avvalroq unga “Real” va “Chelsi” ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.