Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining dastlabki o’yinida “Manchester Siti” o’z maydonida “Real”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdan so’ng, “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola javob o’yinida “Qirollik klubi”ni qanday yengishini aytib o’tdi.
“Real” bizga nisbatan to’p bilan yaxshi harakat qildi. Biz esa asabiy o’ynadik. Endi javob uchrashuvida g’alaba qozonishga urinib ko’ramiz.
Bu ruhan qiyin vazifa, chunki oldinda bizni juda og’ir uchrashuvlar kutib turibdi. Biroq biz Madridga borib, bo’lajak bahsda raqib o’yiniga moslashishga va bu orqali ustunlikka erishishga harakat qilamiz.
Madriddagi javob bahsida g’alaba qozonamiz va musobaqadagi yurishimizni davom ettiramiz”, – deydi Gvardiola.
Eslatib o’tamiz, “Real” va “Manchester Siti” o’rtasidagi javob o’yini 19-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da “Santyago Bernabeu” stadionida start oladi.