Argentinalik sobiq hujumchi Serxio Aguero o’zini “Formula E” elektr seriyasida poygachi sifatida sinab ko’rishga qaror qildi.
Biroq Aguero to’liq mavsum emas, balki 5 va 6-mart kunlari Mayamida o’tkaziladigan ko’rgazmali poygalarda ishtirok etishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu poygada Devid Bekxemning o’g’li Bruklin ham chiqish qiladi. Shuningdek, Lionel Messi ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o’tamiz, Serxio Agueroning so’nggi klubi Kataloniyaning “Barselona”si edi. U faoliyati davomida “Manchester Siti” sharafini ham himoya qilgan.