Angliyaning “Nottingem Forest” klubi hozirda ijara asosida “Galatasaroy”da o’ynayotgan “Napoli” hujumchisi Viktor Osimhenga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “o’rmonchilar” 26 yoshli nigeriyalik futbolchining transferi uchun neapolliklarga 75 million yevro to’lashga tayyor.
Qayd etilishicha, Osimhenga “Nottingem Forest”dan tashqari “Man. Yunayted”, “Yuventus” va PSJ ham qiziqish bildirmoqda. Uning Transfermarkt’dagi narxi ayni dam 70 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o’tamiz, “Galatasaroy” Osimhenni 2024-yilning sentyabr oyida “Napoli”dan ijaraga olgandi. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 30 ta o’yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.