“Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yanvar oyida jamoasini o’zgartirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, rimliklar Artyom Dovbikka munosib raqobat qila oladigan futbolchini jamoaga olib kelmoqchi.
Shomurodovni esa A Seriyaning o’rtamiyona jamoalariga ijaraga berib yuborishni yoki to’liq transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, Shomurodovning o’rnini “Napoli” forvardi Jakomo Raspadori egallashi mumkin. Hozirda Raspadori “Roma”ning asosiy maqsadi ekanligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Eldorning “Roma” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.