15-fevraldan 16-fevralga o’tar kechasi Las-Vegasda UFC Vegas 102 turniri o’tkaziladi.
Hamyurtimiz, Nursulton Ro’ziboyevning ukasi Mashrabjon Ro’ziboyev 4 kun qolganda ushbu turnirda jang qilishga rozilik berdi.
Mazkur turnir doirasida Kaue Fernandes va Jared Gordon o’zaro jang qilishi lozim edi. Ammo Fernandes jarohat oldi va jangda qatnasha olmaydigan bo’ldi. Mashrabjon Ro’ziboyev esa jangda qatnashish taklifiga rozilik berdi.
Shu tariqa, yakshanba tongida kichik Ro’ziboyev UFC’da debyut janggini o’tkazadigan bo’ldi.