UFC prezidenti Dana Uayt Hamzat Chimayevni o’rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun navbatdagi da’vogar bo’lishini tasdiqladi.
“Shuni aytmoqchimanki, Chimayev UFC 312 da jang qilmaydi. Ammo u chempionlik uchun navbatdagi da’vogar ekani aniq”, – deydi Uayt.
Eslatib o’tamiz, Chimayev o’zining so’nggi janggini o’tgan yilning oktyabr oyida UFC 308 turnirida Robert Uittakerga qarshi o’tkazgan va birinchi raunddayoq bo’g’ish usuli orqali g’alaba qozongan.