UFC Shon O’Melli (18-1-0-1) va Merab Dvalishvili (17-4-0) o’rtasidagi jangni rasman e’lon qildi.
14-sentyabr kuni Las-Vegasda UFC 306 turniri bo’lib o’tadi. Unda asosiy jang Shon O’Melli va Merab Dvalishvili o’rtasida yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun bo’lib o’tadi.
Ma’lumot uchun, O’Melli 2023-yilning avgust oyida Aljameyn Sterlingni nokautga uchratib, chempionlik kamarini qo’lga kiritgandi. 2024-yilning mart oyida esa Marlon Veraga qarshi jangda chempionlik unvonini himoya qilgan.