O’rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Israel Adesanya bugungi jangdan so’ng Drikus dyu Plessini g’alaba bilan tabrikladi.
“Yana jangga kirishganimdan xursandman. Dyu Plessini tabriklayman. To’g’ri so’zlaringiz va haqiqatni aytganingiz uchun rahmat.
Bo’lib o’tgan hamma narsaga qaramay, Afrika bugun g’alaba qozondi! Drikus sizda mash’al bor… Olov yoqing va hammani ilhomlantiring”, – deb yozadi Adesanya.
Eslatib o’tamiz, dyu Plessi UFC 305 turnirining asosiy janggida Israel Adesanyani mag’lub etib, o’rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qildi.