Amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyra o’zining navbatdagi raqibi Magomed Ankalayev bo’lmasligini aytdi.
“Bu Ankalayev bo’lmaydi!”, – deb yozdi Pereyra ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Pereyra keyingi raqibi Ankalayev bo’lishini istayotganini aytgandi.
Ma’lumot uchun, Aleks o’zining so’nggi janggini UFC 307 turniri doirasida Xalil Rauntriga qarshi o’tkazgan va to’rtinchi raundda texnik nokaut evaziga g’alaba qozongan.