Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidan o’rin olgan “Manchester Siti” va “Real” o’rtasidagi bahs bo’lib o’tdi va unda madridliklar 2:3 hisobida g’alaba qozondi.
Dastlab hisob 19-daqiqada Holand tomonidan ochildi. 60-daqiqada esa Mbappe muvozanatni tikladi.
80-daqiqada “Real” darvozasi tomon penalti belgilandi va Holand nuqtada adashmadi – 1:1. 86-daqiqada Brahim Dias Edersonning xatosidan foydalanib, hisobni yana bir bor tenglashtirdi.
Ikkinchi bo’limga qo’shib berilgan daqiqalarda, 90+2-daqiqada Jud Bellingem uchrashuvga nuqta qo’ydi – 2:3.
Shu tariqa, “Real” pley-off’ning dastlabki o’yinida g’alaba qozondi. Javob uchrashuvi 19-fevral kuni bo’lib o’tadi.