Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Atletiko”ga qarshi o’yinda (1:1) ba’zi futbolchilarning xatti-harakatlaridan norozi bo’ldi. Bu haqda Footmercato xabar bermoqda.
“Italiyalik murabbiy yechinish xonasida to’rtta futbolchining taktik o’yinidan g’azablandi va kichik janjal yuzaga keldi. Ular: Kilian Mbappe, Jud Bellingem, Vinisius Junior va Rodrigo”, – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Anchelotti bu o’yinchilar “Real”ning hujumlari vaqtida o’zlarining individual harakatlariga e’tibor qaratishganidan va ko’pincha o’zlaridan qulayroq pozitsiyada turgan jamoadoshlariga e’tibor bermaganligidan norozi.
Qolaversa, murabbiy himoyaviy o’yindan ham ko’ngli to’lmayapti. Hujumkor o’yinchilar yo umuman himoyaga qaytishmaydi, yoki juda sekin harakat qilishadi.
Eslatib o’tamiz, “Real” bugun, 11-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da Chempionlar Ligasi doirasida “Manchester Siti”ga to’qnash keladi.