“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga juda jozibali taklif kelib tushdi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 54 yoshli mutaxassis Saudiya klublarining biridan taklif olgan. Taqdim etilayotgan shartnomaga ko’ra, Pep “Manchester Siti”ga qaraganda bir necha baravar ko’proq maosh olishi mumkin.
Shu bilan birga, “shaharliklar” Gvardiola jamoani inqirozdan olib chiqishiga ishonmoqda, biroq ketish yoki ketmaslik mutaxassisning o’ziga bog’liq bo’lib qolmoqda.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” APL’ning 26-turidan so’ng jadvalda 4-o’rinni egallab turibdi. Shuningdek, “Shaharliklar” YChL pley-off bosqichida “Real”ga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi.