Kataloniyaning “Barselona” klubi “Bavariya”ning 22 yoshli vingeri Brayan Saragosani o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklar ushbu futbolchiga Niko Uilyamsning ehtimoliy muqobil varianti sifatida qaramoqda.
Avvalroq matbuotda “Barselona” qiziqish bildirayotganiga qaramay, Uilyams “Atletik”da qolishga moyilligi borligi haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, Saragosa o’tgan mavsum barcha turnirlarda 28 ta o’yin o’tkazib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning myunxenliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo’ljallangan.