“Manchester Yunayted” joriy transfer oynasi yakuniga qadar hujum chizig’ini kuchaytirmoqchi.
Sport nashrining xabariga ko’ra, mankunianliklar Antonini sotib, o’rniga “Barselona”dan Rafinyani olib kelmoqchi.
Manbaga ko’ra, Rafinya Xansi Flikning rejalariga kirmaydi va agar “qizil iblislar” 60 million yevro taklif qilsa, “Barselona” ushbu transferga rozilik beradi.
Eslatib o’tamiz, “Manchester Yunayted” ikki yil avval Antonini “Ayaks”dan 95 million yevroga sotib olgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2027-yilga qadar amal qiladi.