Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov joriy mavsum yakunida jamoasini o’zgartirishi mumkin.
Xabarlarga ko’ra, 29 yoshli forvardning xizmatlariga A Seriyaning yana bir vakili “Torino” qiziqish bildirmoqda. Hamyurtimizning ayni damdagi transfer narxi 4 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Shomurodov joriy mavsum “Roma” safida jami 20 ta o’yin o’tkazib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “bo’rilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.