“Liverpul” “Al-Nasr” klubining Darvin Nunes uchun yuborgan 84 million yevrolik taklifini rad etdi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mersisaydliklar urugvaylik futbolchi “hech qanday pulga” sotilmasligini aytgan. Ta’kidlanishicha, Nunesning o’zi “Al-Nasr”ga ehtimoliy transfer tafsilotlarini muhokama qilishga qiziqish bildirgan.
Ma’lumot uchun, Darvin joriy mavsum barcha turnirlarda 29 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 65 million yevroga baholanmoqda.