“Real” va “Yuventus” klublarining sobiq yarim himoyachisi Sami Xedira Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o’rtasida tanlov qildi.
“Mening fikrimcha, bu Krishtianu. Men Messiga hurmatsizlik qilmoqchi emasman. Uning AQSh’da erishgan va erishayotgan yutuqlari hayratlanarli.
Ammo men Krishtianuni bilaman, chunki u bilan “Real” va “Yuventus”da yetti yil birga o’ynaganman. Men uni yaxshi bilaman, shuning uchun men 100 foiz Ronaldu tomonidaman, lekin Messini hurmat qilaman”, – deydi Xedira.
Ma’lumot uchun, Xedira va Ronaldu 2010-yildan 2015-yilgacha “Real”da, 2018-yildan 2021-yilgacha esa “Yuventus”da birga o’ynashgan.