Londonning “Vest Hem” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi hozirgi “Manchester Siti” futbol tarixidagi eng yaxshi jamoa ekanligini aytdi.
“Erling Holand dunyoning eng yaxshi hujumchisi, u ajoyib futbolchi. “Manchester Siti” – futbol tarixidagi eng yaxshi jamoa”, – deydi Lopetegi.
Eslatib o’tamiz, Xoland joriy mavsum APL’ning dastlabki uchta o’yinda 7 ta gol urdi. Norvegiyalik forvard ikkita xet-trik qayd etishga muvaffaq bo’ldi.