Super o’rta vazn toifasida WBC, WBA va WBO yo’nlashlari chempioni Saul “Kanelo” Alvares navbatdagi janggini qachon o’tkazishi ma’lum bo’ldi. Bu haqda Turki Al ash-Sheyx ijtimoiy tarmoqlarda xabar qildi.
Unga ko’ra, Kanelo 3-may kuni Ar-Riyodda o’tkaziladigan boks oqshomida kubalik Uilyam Skullga qarshi ringga ko’tariladi. Jang mutlaq jahon chempionligi uchun bo’lib o’tadi.
Eslatib o’tamiz, Alvares o’zining so’nggi janggini 2024-yilning 14-sentyabrida Edgar Berlangaga qarshi o’tkazgan va hakamlarning yakdil qarori bilan g’alaba qozongan.
Uilyam Skull esa o’zining oxirgi janggida Vladimir Shishkinni ochkolar hisobiga ko’ra mag’lub etgan. Ta’kidlash joiz, uning hisobida 23 ta g’alaba bor, mag’lubiyat esa yo’q.